O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TO‘LOVLAR OMMALASHUVINING KICHIK BIZNES FAOLIYATIGA TA’SIRI: 2020–2025-YILLAR TAHLILI
Kalit so‘zlari:
raqamli iqtisodiyot, raqamli to‘lovlar, kichik biznes, tadbirkorlik, naqd pulsiz hisob-kitoblar, mobil to‘lovlar, QR-kod, bank kartalari, moliyaviy shaffoflik, savdo aylanmasi, raqamli savodxonlik, kiberxavfsizlik, yashirin iqtisodiyot.Annotatsiya
Ushbu maqolada 2020–2025-yillarda O‘zbekistonda raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanishi hamda ularning kichik biznes subyektlari faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Bank kartalari, mobil ilovalar, QR-kod va boshqa elektron to‘lov vositalarining ommalashuvi natijasida tadbirkorlik subyektlarida hisob-kitoblarning tezlashishi, savdo aylanmasining oshishi, moliyaviy operatsiyalar shaffofligining kuchayishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarining kengayishi yoritiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlaridan foydalanib, raqamli to‘lovlar rivojlanishining asosiy tendensiyalari qiyosiy va dinamik jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, internet infratuzilmasi, kiberxavfsizlik, raqamli savodxonlik, tranzaksiya xarajatlari hamda hududlar o‘rtasidagi tafovutlar kabi mavjud muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida raqamli to‘lovlardan foydalanishni kengaytirish va ularning kichik biznes samaradorligiga ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrdagi O‘RQ-578-sonli “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. Aguilar A., Frost J., Guerra R., Kamin S., Tombini A. Digital payments, informality and economic growth. BIS Working Papers No. 1196. Bank for International Settlements, 2024. – P. 1–5.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. 2024-yil uchun yillik hisobot. – Toshkent, 2025. – B. 126–132.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. 2025-yil uchun yillik hisobot. – Toshkent, 2026. “Milliy to‘lov tizimining rivojlanishi” bo‘limi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Naqd pul muomalasi bo‘yicha sharh. – 2026-yil fevral. – B. 2–4.
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari: 2025-yil yanvar–dekabr. – Toshkent, 2026. – B. 3–5.
8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston aholisining 94,2 foizi internetdan foydalanadi. – 29.09.2025.
9. Nose M. Leveraging Digital Technologies in Boosting Tax Collection. IMF Working Paper No. 2025/089. – Washington, 2025.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.