MIGRANT OILASI FARZANDINI BOLALAR BOG‘CHASIGA MOSLASHTIRISH JARAYONIDA O‘QITUVCHILAR VA OTA-ONALARNING O‘ZARO HAMKORLIGI

Authors

  • Ibragimova Odina Kamoldinovna Andijan State University image/svg+xml Author

Keywords:

migrant oilasi, maktabgacha ta’lim, bolaning moslashuvi, ota-onalar hamkorligi, pedagogik yondashuv, ijtimoiylashuv, emotsional barqarorlik, psixologik moslashuv, tarbiyachi va ota-ona hamkorligi, maktabgacha yoshdagi bolalar.

Abstract

Mazkur tadqiqotda migrant oilasi farzandining maktabgacha ta’lim tashkiloti muhitiga moslashuv jarayonida o‘qituvchilar hamda ota-onalarning o‘zaro hamkorligi masalalari tahlil qilinadi. Migratsiya sharoitida voyaga yetayotgan bolalarning yangi ijtimoiy va madaniy muhitga moslashuvi murakkab psixologik-pedagogik jarayon bo‘lib, unda oilaviy muhit, tarbiyachi-pedagoglarning yondashuvi va ta’lim tashkilotidagi ijtimoiy munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda bolaning kun tartibiga moslashuvi, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi, emotsional barqarorlikni shakllantirishi hamda yangi ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish jarayonlari tizimli yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati bolaning moslashuv darajasini oshirish, undagi xavotir va psixologik zo‘riqishlarni kamaytirish hamda ijtimoiylashuv jarayonini samarali tashkil etishda muhim omil sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari migrant oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

References

1. Абраменкова B.B. Социальная психология детства: развитие отношений ребенка в детской субкультуре. М.: Воронеж., 2000.

2. Абрамян JI.A. Эмоциональное самочувствие ребенка в процессе взаимодействия с матерью // Проблемы гуманизации воспитательно-образовательного процесса в детском саду. Пермь., 1993.

3. Абульханова-Славская К.А. Деятельность и психология личности. М., Наука, 1980. 335 с.

4. Аверьянов А.Н. Системное познание мира. Методологические проблемы. М., Политиздат, 1985. С. 11

5. Адлер А. Наука жить. Киев., Port Royal, 1997. 228 с.

Downloads

Published

2026-08-19